O‘zbek tilidan mutaxassislik tili boyicha metodik qo‘llanma
Ushbu kitob o'zbek tilidan mutaxassislik tili bo'yicha metodik qo'llanma bo'lib, huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada davlat tilini puxta bilish, kasbiy atamalarni boyitish va mutaxassislik mavzularida muloqotda mustaqil foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan materiallar keltirilgan. Shuningdek, huquqning asosiy tushunchalari, davlat va fuqarolik institutlari, konstitutsiyaviy huquq manbalari, jamoat birlashmalari va boshqa huquqiy masalalar yoritilgan.