Oʻzbekiston tarixi
Ushbu kitob O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyatini o'rganadi. Unda O'rta Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi sifatida, O'zbek davlatchiligining shakllanishi, dastlabki taraqqiyot bosqichlari, ilk o'rta asrlarda o'zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti, IX-XII asrlarda o'zbek davlatchiligi va ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi, mo'g'ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash, Amir Temur va Temuriylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot, O'rta Osiyo xonliklariga bo'linib ketishi, sabablari va oqibatlari, Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, milliy-ozodlik harakati va jadidchilik, mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi va uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tadbirlarining mustamlakachilik mohiyati, O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li, huquqiy-demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, O'zbekiston va jahon hamjamiyati bilan munosabatlari va hamkorliklari kabi keng qamrovli mavzularni o'z ichiga oladi.