Kasb-hunar kollejlarida o’zgarmas va o’zgaruvchan tokka oid bilimlarni berish va unga oid tajriba ishlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishda kasb-hunar kollejlarida elektrotexnika va elektr ta'limi sohasidagi nazariy bilimlar mustahkamlanadi. O'zgarmas va o'zgaruvchan tok elektr zanjirlari tajriba orqali batafsil o'rganiladi. Unda laboratoriya mashg'ulotlari misollari keltirilgan. Talabalarning mehnatini yengillashtirish va malakalarni tezroq egallashlari uchun har bir laboratoriya ishining nazariy qismi talab doirasida mufassal bayon etilgan.