Operasion tizimlar
Ushbu kitobda operatsion tizimlar, ularning vazifalari, tarkibi va asosiy funksiyalari, klient va server operatsion tizimlari, fayllar va papkalar, fayl tizimi va uni boshqarish, Microsoft Word dasturida hujjat xususiyatini va sahifalash parametrlarini sozlash kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, Microsoft Excelda iqtisodiy masalalarni yechish va diagrammalar tuzish, axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlash usullari ham ko'rsatilgan. Kurs ishining amaliy qismida talaba Microsoft Excelda chorvachilik fermasida qoramollar uchun yillik oziqa sarfi va tannarxini hisoblash masalasini yechadi.