Osteoartritning progressiyasidagi immunologik, metabolik va to'mirlarning buzilishi
Ushbu monografiya osteoartrit (OA)ning immunologik, metabolik va endotelial disfunktsiyalar bilan bog'liq murakkab mexanizmlarini ochib beradi. Unda kasallikning patogenezi, diagnostikasi, davolash usullari, jumladan, Alflutop preparati qo'llanilishi, komorbid holatlar va ularning ta'siri keng yoritilgan. Tadqiqotda bemorlarning klinik va laboratoriya ko'rsatkichlari tahlil qilingan, sitokinlar darajasi va endotelial funktsiya holati baholangan. Natijada, Alflutopning, ayniqsa, komorbid fon mavjud bo'lgan bemorlarda qo'llanilganda, og'riqni kamaytirish va artikulyar funksiyani tiklashda samaradorligi isbotlangan.