Asosli futerovkani qayta ishlash asosida pech futerovkasining hizmat muddatini oshirish
Ushbu dissertatsiya avtoreferati O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda himoya qilingan Valida Baxrom qizi Bekchanova tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishining mazmunini ochib beradi. Asosiy e’tibor elektr yoy pechining ichki qismi – futerovkasini qayta ishlash va uning xizmat muddatini oshirishga qaratilgan. Tadqiqotda O‘zbekistonning sanoat korxonalarida, xususan, “Lida Metal Technology” MCHJ da elektr yoy pechlaridan foydalanish jarayonidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-texnik yechimlar taklif etilgan. Asosiy vazifa – elektr yoy pechlarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish hamda yangi texnologiyalar ishlab chiqish orqali ularning samaradorligini oshirishdan iborat. Tadqiqotda olovbardosh materiallarni qayta ishlash, shlakni normallash va boshqa shu kabi usullar yordamida futerovkaning yemirilishini kamaytirish va xizmat muddatini uzaytirish bo‘yicha amaliy va nazariy tavsiyalar berilgan.