Phaseolus vulgaris L. turiga mansub duragaylarining fiziologik xususiyatlari va morfoxo‘jalik belgilarining irsiylanishi
Ushbu dissertatsiya «Phaseolus vulgaris L.» turiga mansub duragaylarning fiziologik xususiyatlari va morfoxoʻjalik belgilarining irsiylanishi mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda mahalliy va xorijiy navlarning o'zaro chatishuvidan olingan duragaylarning genetik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari, irsiylanishi va oʻzgaruvchanligi oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari bo'yicha oddiy loviya navlarining genetik jihatdan boyitilgan shakllarini yaratish va seleksiya jarayonida foydalanish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.