Pirrola va uning eritmalarida molekulalararo o’zaro ta’sirlarni kvanto-kimyoviy hisoblashlar yordamida o’rganish.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi suyuqliklar fizikasi, kvant kimyo va spektroskopiya sohalariga bag'ishlangan bo'lib, pirrol va uning eritmalari misolida molekulalararo ta'sirlarni kvanto-kimyoviy hisoblashlar yordamida o'rganishga qaratilgan. Ishda kombinatsion sochilish spektroskopiyasi, yorug'lik sochilishining fizik asoslari, molekulalararo o'zaro ta'sirlar, vodorod bog'lanishning tabiati, tajriba olish texnikasi va usullari, kvanto-kimyoviy hisoblashlar va olingan natijalarning tahlili kabi masalalar ko'rib chiqilgan.