Pistaning kemiruvchi zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari
Ushbu maqola pistazor zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari haqida. Maqolada pista daraxtlarida uchraydigan turli zararkunandalar, ularning bioekologik xususiyatlari, zarar keltirish davri, zarar darajasi va ularni kamaytirish usullari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Jumladan, qipcha tanali pista tilla qoʻngʻizi, pista daraxtining qovurgʻali tilla qoʻngʻizi, Hisor pista bargxoʻri, pista bargxoʻri va pista poʻstloqxoʻri kabi zararkunandalar hamda ularga qarshi mexanik, biologik va kimyoviy kurash choralari yoritilgan. Maqolada Oʻzbekistonda pista yetishtirish hajmi, jahon boʻyicha pista hosilining miqdori hamda zararkunandalarning ta'siri haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.