Pochta aloqasi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish
Ushbu o'quv qo'llanma pochta aloqasi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada pochta aloqasi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish yo'llari, zamonaviy mashina va uskunalardan foydalanish, pochta jo'natmalari o'tishini nazorat qilish tizimlari, gibrid pochta, elektron xizmatlar, moliyaviy va bank xizmatlari, pochta markalari, frankirlash mashinalari va elektron pochta markalari kabi mavzular ko'rib chiqilgan.