Poliakrilonitril tolasining geksametilendiamin bilan kimyoviy modifikatsiyasi
Ushbu kitob poliakrilonitril tolalarining kimyoviy modifikatsiyasiga bag'ishlangan. Unda nitron tolasini geksametilendiamin bilan modifikatsiyalash, yangi polimer tolalar-sorbent ionitlar olish, ularning xossalari va qo'llanilishi o'rganilgan. Tadqiqotlar davomida olingan natijalar oqava suvlarni tozalashda foydalanish imkoniyatini ko'rsatadi.