Propaedeutics of Internal Medicine
Ushbu o'quv-uslubiy majmua Toshkent davlat stomatologiya instituti tibbiyot fakulteti davolash va tibbiy pedagogika fakultetlarining 3 kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Ushbu o'quv-uslubiy majmua 500000-Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 510000-Sog'liqni saqlash, 5510100-Tibbiy ish, 5511000-Kasbiy ta'lim, 5510200-Pediatriya ta'lim yo'nalishlariga mos keladi. Ushbu majmua namunaviy dasturda ko'rsatilgan barcha leksiyalar matnini o'z ichiga oladi. Majmua hazm qilish, siydik chiqarish, endokrin tizim, qon hosil bo'lish tizimi, suyaklar, mushaklar va biriktiruvchi to'qimalar kasalliklari, shuningdek, allergiyalar kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Mavzular bo'yicha baholash (ikkita test, tushuntirish, keys-studiy va amaliy ko'nikmalardan iborat), ushbu majmua uchun amaliy ko'nikmalarni baholash uchun tuzilgan testlar (kompleks testlar) va talabalarning mustaqil tayyorgarligi hamda mavjud muammolarni hal qilish (savollar seriyasidan iborat) ham berilgan. Ushbu majmuada barcha amaliy mashg'ulotlar mavzulari va savollar ham aks etgan. Amaliy mashg'ulotlar uchun texnologik xarita to'liq yoritilgan. Mazkur o'quv uslubiy majmua talabalar uchun foydali bo'lishiga va ularga yetarli bilim berishiga ishonamiz.