🔍

Python dasturlash (1-qism)

Ushbu kitob bolalarni Python dasturlashtirishni o'ynab o'rganishga mo'ljallangan. Ota va onalari bilan bolalarni o'rganishi tavsiya etiladi. 5-8 yoshli iqtidorli bolalar hamda 9 yoshdan kattta bolalar uchun mo'ljallangan. Dasturlashtirish inson miyasi faoliyatining eng yuqori mushohadalash va tafakkur etish istiqboli bo'lgani uchun ham biz bolalarni yoshligidan dasturlashtirish olamiga o'yin shaklida kiritishimiz mumkin. BU g'oyani kod yozishdan boshlab ems balki o'yin shaklida kiritish g'oyasini oldinga surmoqchimiz. Ushbu kitob bolalar uchun juda yaxshi o’rtacha og’irlikdagi Python dasturlash bo’yicha qo'llanma. O'quvchilar Python tili haqida asosiy bilimlarga ega bo'ladilar, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash to'g'risida ma'lumot olishadi, funktsiyalar, sinflar va modullar bilan ishlashni o'rganadilar. Grafika bilan ishlashga, animatsiya yaratishga va kitobda bolalarning o'z o'yinlarini rivojlantirishga katta e'tibor beriladi. Nashr dasturlashni yaxshi ko'radigan o'rta va yuqori sinf o'quvchilari uchun foydali bo'ladi, shuningdek, bolalar uchun qo'shimcha ta'lim kurslarida dasturiy vosita sifatida ishlatilishi mumkin, dastlabki kodlarni terib,grafik namoyishlarni ko’rsatib yuqori guruh bog’cha bolalarini ham jalb qilish mumkin hamda bu tarzdaagi informatikani rivojlantirib, uni o’qitilishini yanaada yoshartirish tendentsiyasini amalga oshirish g’oyasini talqin qilishni harakat qilindi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Python dasturlash tili

Ushbu o'quv-uslubiy majmua «Python dasturlash tili» fanini o'qitish bo'yicha ta'lim texnologiyalari, ularni o'quv jarayoniga qo'llash bo'yicha uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Ushbu tavsiyalar didaktik tamoyillar, ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarini o'tish texnologiyalarini ishlab chiqishning usul va vositalari, ularning muhim belgilaridan iborat ta'limni texnologiya qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. O'quv-uslubiy majmua texnika oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va talabalari hamda «Python dasturlash tili» fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo'llash jarayonlariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Python dasturlash tili

Ushbu kitob "PYTHON dasturlash tili" o'quv-uslubiy majmuasi bo'lib, unda Python dasturlash tilining asosiy tushunchalari, sintaksisi, operatorlari, shartli operatorlar, sikllar, ma'lumotlar turlari, fayllar bilan ishlash, sana va vaqt bilan ishlash, foydalanuvchi funksiyalari, lug'atlar, ro'yxatlar, to'plamlar, diapazonlar, muntazam ifodalar, va boshqa ko'plab mavzular o'z ichiga olgan. Har bir mavzu batafsil misollar va izohlar bilan tushuntirilgan. Kitob oxirida mavzular bo'yicha savol va topshiriqlar hamda testlar keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Mektep oqıwshıları ushın “Python tilinde programmalastırıw” elektron oqıw qollanbasın jaratıw

Ushbu dissertatsiya Python dasturlash tilini o'rganish va maktab o'quvchilari uchun «Python tilida dasturlash» elektron o'quv qo'llanmasini yaratishga bag'ishlangan. Unda Python dasturlash tilining tarixi, qo'llanilishi, afzalliklari, asosiy tushunchalari hamda uni o'rganish usullari haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, elektron o'quv qo'llanmalarini yaratishda foydalaniladigan HTML va TurboSite dasturlari, ularning imkoniyatlari hamda afzalliklari qiyoslanadi. Dissertatsiyada elektron o'quv qo'llanmalarni yaratish bo'yicha qadamlar, ularning tasnifi va qo'llanilishi haqida batafsil to'xtalib o'tilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Python dasturlash tilida mantiqiy o’yin dasturini ishlab chiqish

Ushbu kitob Python dasturlash tilining nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda tilning tarixi, sintaksisi, ma'lumotlar tuzilmalari, standart modullari, hamda Python va C++ dasturlash tillari qiyoslanadi. Kitobda Pygame kutubxonasini o'rnatish va undan foydalanish, shuningdek, oddiy o'yin yaratish jarayoni ham tushuntirilgan. Nazariy ma'lumotlar amaliy misollar va kodlar bilan boyitilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%