Qasoskorning oltin boshi
Ushbu kitob oʻzbek xalqining tarixida oʻchmas iz qoldirgan, xalq ozodlik harakatiga boshchilik qilgan qahramonlaridan biri Namoz botir haqida hikoya qiladi. Kitobda Namozning jasoratlari, adolatsizlikka qarshi kurashi, xalq ozodligi yoʻlidagi kurashlari keng yoritilgan. Boshqa millat vakillari ham Namoz boshchiligida hokim sinflarning adolatsizliklariga qarshi qurolli janglar qilgani tasvirlanadi. Adabiyotda yangi toʻlqin yaratgan ushbu asar oʻzbek adabiyotiga qoʻshilgan nodir javohirlardan biri hisoblanadi.