O‘rta asrlarda Qo‘qon shahri tarixi
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Oʻrta Osiyo tarixida oʻziga xos oʻrin tutgan Qoʻqon shahri va xonligi davri oʻrganiladi. Ishda Qoʻqon shahrining toponomikasi, siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy ahvoli, xonlikning maʼmuriy tuzilishi, harbiy soha, iqtisodiyot, madaniy hayot, ilm-fan taraqqiyoti, meʼmorchilik sanʼati, shaharsozlik madaniyati kabi muhim masalalar tadqiq etiladi. Qoʻqon xonligi davridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotni oʻrganish orqali ushbu davrning muhim jihatlari ochib berilgan.