Rauf Parfi she’riyatida badiiy san’atlar
Ushbu dissertatsiya Rauf Parfi she’riyatidagi badiiy san’atlarni chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoirning uslubi, til xususiyatlari, qo‘llagan badiiy vositalari va ularning asarlar mazmuniga ta’siri ko’rib chiqiladi. Dissertatsiyada talmih, tashbih, istiora, tajnis, tazod kabi san’atlarning o‘rni, ahamiyati va qo‘llanilish uslublari misollar bilan yoritiladi. Tadqiqotda muallif nafaqat san’atlarning mohiyatini ochib beradi, balki ularning badiiy asar yaratishdagi rolini ham tahlil qiladi. Shu bilan birga dissertatsiyada Rauf Parfi lirikasining o‘ziga xos jihatlari, falsafiy qarashlari va ma’naviy olami ham chuqur o‘rganiladi.