Samarqandga tashrif buyuruvchi turistlar uchun web xozmatlari sayt yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Samarqandga tashrif buyuruvchi turistlar uchun moʻljallangan web-sayt yaratish mavzusiga bagʻishlangan. Unda Oʻzbekistonda turizmning rivojlanish bosqichlari, axborot texnologiyalarining oʻrni, zamonaviy web-sayt yaratish platformalari, jumladan, Sanattour.uz saytining imkoniyatlari, interfeysi va foydalanuvchi yoʻriqnomasi batafsil yoritilgan. Shuningdek, sayt yaratish jarayonining texnik jihatlari, maʼlumotlar bazasini yaratish va uni boshqarish kabi muhim masalalar koʻrib chiqilgan.