Sangzor daryosi oqimining vegetasiya va novegetasiya davrlarida o’zgarishini bashoratlash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Sangzor daryosining oqimini, vegetatsiya va novegetatsiya davrlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda daryoning geografik o'rni, geologik tuzilishi, iqlim sharoiti, suv rejimi, flora va faunasi tahlil qilingan. Ishda daryo havzasining ekologik muammolari, landshaftlarning o'zgarishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish yo'llari va muhofaza qilish tadbirlari ko'rib chiqilgan.