Shahrisabz shahrining tarixiy shakllanish bosqichlari
Ushbu maqola Shahrisabz shahrining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o'rganadi. Unda shahar asos solingan davrdan boshlab, turli davrlarda shaharning hududiy rivojlanishi, harbiy va ma'muriy markaz sifatida ahamiyati, shuningdek, X-XII asrlarda va keyingi davrlardagi shaharning o'zgarishlari haqida ma'lumot beriladi. Shaharning asosiy shakllanishida Amir Temurning o'rni alohida ta'kidlanadi. Maqolada shaharsozlik an'analari va Shahrisabzning o'rtacha kattalikdagi shaharlar qiyofasiga o'xshashligi haqida ham so'z yuritiladi.