Sharqda yoqilgan tafakkur chiroqlari yoxud Dantening Sharqdan olgan ilhomlari
Maqolada Abduvahob Zaripov tomonidan Dante Aligerining ijodi Sharq madaniyatining ta'siri ostida shakllanganligi haqida fikrlar bayon etilgan. Dante ijodida Ibn Sino, Al-Farg'oniy, Ibn Rushd kabi Sharq mutafakkirlarining asarlari va g'oyalari o'z aksini topganligi, bu esa Dante qarashlari va asarlarining shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatganligi ta'kidlangan.