Sherobod tarixi
Ushbu kitob Sherobodning qadimiy tarixidan tortib, mustaqillik yillarigacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o'rganadi. Unda hududning geografik o'rni, etnik tarkibi, qishloq xo'jaligi, sanoati, maorifi, madaniyati, urf-odatlari, an'analari va XX asrda yuz bergan siyosiy voqealar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda, shuningdek, sovet davridagi qatag'on siyosati va istiqlol yillaridagi o'zgarishlar ham yoritilgan.