Sifat – so`z turkumi
Ushbu kitob Chirchiq shahrida joylashgan 6-umumiy o'rta maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi Gulchehra Ergashovaning ona tili fanidan 4-sinfda o'tkazgan "Sifat – so'z turkumi" mavzusidagi noan'anaviy dars ishlanmasi hisoblanadi. Darsning maqsadi o'quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish, erkin fikrlashga o'rgatish, aqliy faoliyatlarini va fanga qiziqishlarini oshirishdir. Shuningdek, o'quvchilarni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning faollik qobiliyatlarini rivojlantirish ko'zda tutilgan. Dars interfaol uslubda, kompyuter, multimediya, tarqatma materiallar va boshqa ko'rgazmali vositalar yordamida olib boriladi.