Silga , zaxmga va viruslarga qarshi dori vositalari
Ushbu uslubiy qo'llanma Farmakologiya fanidan zamon talabi asosida o'z vaqtida yozilgan bo'lib, u o'zbek tilida yozilgan o'quv adabiyotlar qatoridan munosib o'rin egallaydi. Unda silga qarshi, zaxmga qarshi va viruslarga qarshi dori vositalari, ularning ta'sir mexanizmlari, qo'llanilishi, nojo'ya ta'sirlari va qarshi ko'rsatmalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Qo'llanma tibbiyot institutlari talabalari va tibbiyot kolleji o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.