Sovliqlar ketonuriya kasalligini oldini olishni takomillashtirish
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Qishloq xo'jaligi va O'zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri ekanligi, uni rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, hayvonlar organizmida modda almashinuvi buzilishlari va bu kasalliklarning, xususan, sovliqlar ketonuriya kasalligini oldini olish usullarini takomillashtirishning ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi sovliqlarda ketonuriyaning tarqalishi, iqtisodiy zarari, sabablari, simptomatikasi, ayrim gematologik ko'rsatkichlarni o'rganish, hamda samaradorligi yuqori bo'lgan davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat. Ishda tadqiqotlar o'tkazilgan xo'jalikning iqtisodiy tavsifi, chorva mollari sonining o'zgarishi, ularning mahsuldorligi, hamda chorva mahsulotlari uchun oziqa sarfi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Tajribadagi bo'g'oz sovliqlarni klinik va gematologik tekshirish natijalari tahlil qilingan va iqtisodiy samaradorlik asoslangan.