Suspenziya tarkibidagi qattiq modda zarrachalarini ajratishda uzluksiz ishlaydigan tindirgichni hisoblash va loyihalash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Suspenziya tarkibidagi qattiq modda zarrachalarini ajratishda uzluksiz ishlaydigan tindirgichni hisoblash va loyihalash" mavzusiga bag'ishlangan. Ishda tindirish jarayonining nazariy asoslari, qo'llaniladigan qurilmalar va ularning texnologik hisobi ko'rib chiqilgan. Shuningdek, tindirgichning konstruktiv elementlari, gidravlik parametrlari, mustahkamligi va chidamliligi hisoblangan. Qurilmani ishlatishda rioya qilinadigan mehnat xavfsizligi qoidalari ham o'rganilgan.