Analitik kimyo va fizik-kimyoviy tahlil
Mazkur o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Namangan muhandislik-qurilish inistitutining 2022 yil “04” iyuldagi 13-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Analitik kimyo va fizik - kimyoviy tahlil” fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. Kitobda kimyoviy analiz usullari, jumladan, sifat va miqdoriy analiz, gidroliz, amfoterlik, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, titrlash, kompleks hosil qilish usullari, spektral analiz, lyuminestsent analiz, xromatografiya kabi mavzular chuqur o‘rganilgan. Har bir mavzu oxirida mavzuni mustahkamlash uchun savollar keltirilgan. Shuningdek, kitobda amaliy mashg‘ulotlar va masalalar ham berilgan.