Some Scientific Observations About Unnatural Symbols in the Folklore
Ushbu maqola folklor va yozma adabiyotdagi g'ayritabiiy, ya'ni jodu, afsun, hayoliy va mifologik tasvirlar, ramzlar va hodisalar tahliliga bag'ishlangan. Tadqiqotda g'ayritabiiy obrazlar va ularning qadimgi turkiy xalqlarning dunyoqarashi, mifologik tasavvurlari va diniy e'tiqodlari bilan bog'liqligi o'rganiladi. Muallif, ayniqsa, O'zbekiston hududidagi qoyatosh rasmlari, afsonalar va folklor materiallari asosida bu obrazlarning kelib chiqishi, rivojlanishi va badiiy ifoda vositasi sifatida qo'llanilishi haqida fikr yuritadi. Maqolada g'ayritabiiy obrazlarning paydo bo'lish sabablari, ularning jamiyat hayotidagi o'rni va madaniy-tarixiy mohiyati ochib berilgan.