Jonli tabiatda fizika
Kitob jonli tabiatda fizik qonuniyatlarning namoyon bo'lishini o'rganadi. Unda fizika fanining o'qitishdagi integrativ roli, tabiatdagi fizik hodisalar va ularning inson hayotidagi ahamiyati, tovush, suyuqlik, yorug'lik kabi fizik tushunchalarning biologik va tibbiy jihatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, organizmning elektr va magnit xossalari ham ko'rib chiqilgan.