Tabletkalar va ularni tayyorlash texnologiyasi. Tabletka mashinalari va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari.
Ushbu kitob tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda tabletka mashinalari, ularning turlari, ishlash prinsiplari, tabletka massasini hisoblash usullari va tabletka sifatiga ta'sir etuvchi omillar haqida ma'lumot berilgan. Kitobda, shuningdek, tabletka tayyorlashning tarixiy rivojlanishi, turli xil tabletka turlari va ularning afzalliklari, kamchiliklari, ishlatish usullari ham ko'rib chiqilgan.