Tadbirkorlik asoslari
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish, investitsiya faoliyatini buyudjet tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllarining rivojlanishi, kichik korxonalarni investitsiyalash va lizing istiqbolli shakllari, qarz olish, uni rasmiylashtirish tartibi va qaytarilishi kabi mavzular chuqur yoritilgan. Kitobda shuningdek, tadbirkorlik faoliyati natijalarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish, biznes rejaning mohiyati va maqsadi, uning tuzilishi, metodik boshqarishi, ustidan nazorat, tadbirkorlikni boshqarishni tashkil etish, tadbirkorlikni bank, soliq xizmati va audit bilan o‘zaro aloqalari, kichik korxonalarning moliyaviy soxasi, moliya bozori tushunchasi, funksiya hamda ishtirok etuvchi shaxslar, kichik biznesning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta‘minlash shakillari, tadbirkorlikni investitsiyalashning ustivor yo‘nalishlari, tadbirkorlikda biznes psixologiyasi kabi mavzular hamda tadbirkorlik asoslari fanidan test savollari, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.