Takrоrlanuvchi jarayonlar va ularni dasturlash.
Ushbu kitobda takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash masalalari ko'rib chiqilgan. Kitobda takrorlanuvchi jarayonlar, ularning algoritmlari va Paskal tilidagi operatorlar haqida ma'lumotlar berilgan. Chekli va cheksiz yig'indilarni hisoblash, rekurent formulalar yordamida hisoblash algoritmlari va dasturlari keltirilgan. Dasturlarning natijalari tahlil qilingan va ularning to'g'riligi isbotlangan. Kitob talabalarga amaliy mashg'ulotlar uchun qo'llanma sifatida mo'ljallangan.