Amir Temur Temuriylar davrida ma’naviyat va ma’rifat rivoji
Ushbu kitob Amir Temur va Temuriylar davrida ma'naviyat va ma'rifat rivojiga bag'ishlangan bo'lib, unda Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, uning davlat boshqaruvidagi tamoyillari, bunyodkorlik ishlari hamda Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning yuksalishi haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda, shuningdek, Mirzo Ulug'bekning ilmiy faoliyati, Bobur va Boburiylar sulolasining Hindistondagi hukmronligi davrida ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirgan ishlari yoritilgan. Kitobning asosiy maqsadi o'quvchilarni o'zbek xalqining boy tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishdan iborat.