Tilla o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan ushbu oʻquv-uslubiy majmua "Tillar oʻqitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari" fanidan bo‘lib, unda chet tilini oʻqitishning zamonaviy metodlari, texnologiyalari va usullari, shuningdek, til o‘rgatishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil yoritilgan. Majmuada darslarni loyihalash, baholash mezonlari, o‘quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, o‘qitishning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan usullar va vositalar, shuningdek, o‘qituvchi kompetentligi kabi muhim mavzular oʻrin olgan. Mazmun zamonaviy lingvo-didaktika talablariga mos keladi va talabalarga chet tilini o‘qitishning nazariy bilimi hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.