"Biologiya" 10-klass
Ushbu kitob biologiya fanining eng asosiy mavzularini o'z ichiga oladi. Unda tirik organizmlarning molekulyar, hujayra, organizm va populyatsiya darajalaridagi tuzilishi, o'ziga xos xususiyatlari, evolyutsion jarayonlar, naslning o'tishi va o'zgaruvchanlik qonuniyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda organizmlarning hayotiy faoliyatini ta'minlovchi moddalar, jumladan, uglevodlar, lipidlar, oqsil va nuklein kislotalarning ahamiyati, ularning tuzilishi va funksiyalariga oid ma'lumotlar berilgan. Evolyutsiyaning harakatga keltiruvchi kuchlari, tabiiy tanlanish, irsiy o'zgaruvchanlik, mutatsiyalar, genetik qonuniyatlar va ularning namoyon bo'lishi mexanizmlari hamda insonda uchraydigan irsiy kasalliklar va ularning oldini olish choralari batafsil tushuntirilgan. Kitobning oxirida esa biotexnologiya va gen injeneriyasi kabi zamonaviy yo'nalishlar haqida ham ma'lumot berilgan.