Toponimika
Ushbu o'quv-metodikalıq qo'llanma toponimika fanining umumiy nazariyasi, uning rivojlanish bosqichlari, o'rganish usullari, geografik nomlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi, tasnifi, ahamiyati va ularni himoya qilish kabi masalalarini o'z ichiga oladi. Unda toponimikaga oid muhim terminlar, tushunchalar, ilmiy yondashuvlar, shuningdek, O'rta Osiyo va dunyo toponimiyasining o'ziga xos xususiyatlari batafsil yoritilgan. Qo'llanma geografiya, filologiya va tarix fanlari bilan toponimikaning uzviy bog'liqligini ham ko'rsatib beradi. Geografik nomlarni standartlashtirish, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini tushuntirish, xalq og'zaki ijodida saqlangan nomlarni himoya qilish kabi dolzarb masalalar ham qamrab olingan. Kitobda keltirilgan test va mashqlar talabalarning fan bo'yicha bilimini mustahkamlashga yordam beradi.