Toshkentdagi O’qchi Olmazor mavzesida “Ishbilarmonlar shaharchasi”
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Toshkent shahridagi O'qchi Olmazor mavzesida “Ishbilarmonlar shaharchasi” loyihaviy taklifini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Ishda Toshkent shahrining rivojlanish tarixi, iqlimi, hududiy bo'linishi hamda O'qchi Olmazor tumanining o'ziga xos jihatlari, mavjud holati atroflicha o'rganilgan. Loyihaning asosiy maqsadi – aholi uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratish, hududda biznes va madaniy markazni barpo etish, yashil maydonlarni ko'paytirishdan iborat. Ishda hududning muhandislik kommunikatsiyalari, transport infratuzilmasi, ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalariga ham e'tibor qaratilgan. Qurilish jarayonida mehnat xavfsizligi va yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo'yicha ham tavsiyalar berilgan. Loyiha Toshkent shahrining kelajakdagi rivojlanishiga o'z hissasini qo'shishi ko'zda tutilgan.