Tribotexnika
Ushbu kitob "Tribotexnika" fanining nazariy va amaliy mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma hisoblanadi. Unda ishqalanish, yeyilish, moylash va ularning mexanizmlari, turlari hamda tribotexnika materiallari va ularni tanlash asoslari keng yoritilgan. Kitobda ishqalanish qonuniyatlari, yeyilish turlari, ularning sabablari va oldini olish yo‘llari, shuningdek, tribotexnika qo‘llanilish sohalari ham batafsil tahlil qilingan. Kitobning maqsadi – talabalarga mashina detallarining mustahkamligi, ishlash muddati va samaradorligini oshirishga yordam beradigan uslubiy qo‘llanma taqdim etishdir. "Tribotexnika" fanining mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishi talabalari uchun ahamiyati ham tushuntirilgan.