Universitet informatsion tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo’llab-quvvatlovchi modul yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi Universitet informatsion tizimida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modul yaratish deb nomlanib, u kirish qismi, ikkita bob, xotima va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bitiruv malakaviy ishlarini monitoringini qo'llab-quvvatlovchi modulining web ko'rinishi ishlab chiqildi. Ushbu tizim Universitet ta'lim tizimi amaliyotida qo`llanilishi uchun mo`ljallangan. Mazkur tizim qulay foydalanuvchi interfeysiga ega bo`lib, dasturdan foydalanishni ancha yengillashtiradi. Shunday qilib, asosiy maqsad talabalarni berilgan Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan hozir qaysi bosqichda ekanini, rejaga doir nima ishlarni bajarganini, bu ishlarni qay darajada bajarganini va himoyadan qanday o'tganini bilish uchun qo'llaniladi. Ishlab chiqilgan dasturni OTMning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga qo`shish mumkin. Bu esa dasturdan foydalanishda qo`shimcha qulayliklar yaratadi. Ushbu dastur talabalarning Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida qanday ishlashini tahlil qilish, talabaning qanday bilim darajaga ega ekanini bilish, uni baholashni ko'rsatib beradi. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma'lumotlar bazasi maʼlumotlarini qayta ishlashda SQL tilidan faydalanildi. WEB serverni dasturlashda ASP.NET texnalogiyasidan va ma'lumotlar bazasi maʼlumotlarini qayta ishlashda SQL tilidan faydalanildi. Yaratilgan tizimning modulli ko`rinishda bo`lishi, uni OTM umumiy axborot tizimiga integratsiyalanishiga imkon yaratish bilan birga berilganlar bazasidan birgalikda foydalanish va umumiy himoya tizimi ostida ishlash imkonini yaratadi. Mazkur dastur zamonaviy web-texnologiyalar asosida yaratilgan bo`lib, bir nechta foydalanuvchining bir vaqtda dastur imkoniyatlaridan foydalanishni yuzaga chiqaradi.