VATANNI SEVISHGA CHORLOVCHI DARSLI
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan O‘zbekistonning zamonaviy hayotini, madaniyatini, tarixini, urf-odatlarini, mashhur kishilarini, milliy qadriyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Darslik O‘zbekistonning viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Xorijiy tajribalarga tayangan holda yaratilgan mazkur darslik bakalavr yo‘nalishlarining ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan guruhlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. U o‘zbek tilini B2 darajada bilishni sertifikatlashtirish uchun imtihonlarga tayyorlanishda ham foydalanish mumkin.