Conceptual value of stylistic devices
Ushbu kitob stilistika va kognitiv lingvistika sohalariga bag'ishlangan bo'lib, unda stilistik vositalarning konseptual ahamiyati, ularning turlari, tuzilishi va funksiyalari keng yoritilgan. Kitob ingliz tilidagi stilistik qurilmalarni tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, fonetik, leksik, sintaktik va leksik-sintaktik stilistik vositalarning o'ziga xos xususiyatlari va ularning nutqdagi roli ko'rsatib berilgan. Bundan tashqari, kitobda stilistik vositalarning tasnifi, ularning lingvistik va kognitiv asoslari, shuningdek, adabiy matnlarni tahlil qilishda qo'llaniladigan usullar muhokama qilinadi.