Xalqaro xususiy huquqda huquqiy munosabatlar
Ushbu bitiruv malakaviy ishi, xalqaro xususiy huquqning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab olgan bo'lib, xususan xalqaro shartnomalar, kollizion normalar va huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalalarini o'rganadi. Ishda O'zbekistonning xalqaro maydondagi roli, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi va xususiy huquqiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari tahlil etilgan. Shuningdek, muallif xalqaro xususiy huquqning turli sohalariga, jumladan oilaviy munosabatlar, mulkiy huquqlar, mehnat munosabatlari va investitsiya huquqiga oid masalalarga e'tibor qaratadi.