Yangiqo’rg’on shaharchasida 6 postli avtoservis korxonasini loyihalash
Ushbu diplom loyihasi Yangiqo'rg'on shaharchasida 6 postli avtoservis korxonasini loyihalash mavzusiga bag'ishlangan. Loyihada avtoservis korxonalarining faoliyati, ularning texnik-texnologik jarayonlari, iqtisodiy va tashkiliy masalalari, mehnat muhofazasi va umumiy rejalashtirish ko'rib chiqilgan. Loyihada Yangiqo'rg'on shahri sharoitida mavjud avtoservis korxonalarining kamchiliklari tahlil qilinib, zamonaviy talablarga javob beradigan 6 postli avtoservis korxonasini loyihalash asoslangan. Loyiha hisob-texnologik, tashkiliy va iqtisodiy qismlardan iborat bo'lib, unda avtoservis korxonalarini tashkil etish, jihozlash, rejalashtirish va ularning iqtisodiy samaradorligini hisoblash detallari keltirilgan.