Zamanagóy balalar basılımları: tematikası, problematikası, tili (Ózbekstan hám Qaraqalpaqstan basılımları boyınsha salıstırmalı analiz)
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarida bolalar va o'smirlar uchun nashr etilayotgan zamonaviy bosma nashrlarining mavzusi, janrlari, tili va uslubiy jihatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda bolalar jurnalistikasining rivojlanish tarixi, uning bugungi kundagi holati, qiyosiy-tematik tahlili, zamonaviy ommaviy axborot vositalarida bolalar va o'smirlar auditoriyasi uchun mo'ljallangan nashrlarning o'rni, maqsad va vazifalari, shuningdek, ularning til va uslubiy xususiyatlari chuqur o'rganiladi. Mamlakatimizda bolalar matbuotining rivojlanishiga katta e'tibor qaratilayotganligi, Prezidentimizning yosh avlodni tarbiyalash bo'yicha olib borayotgan siyosati ta'siri, bu boradagi qonuniy-huquqiy asoslar tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalar nashrlarining turlari, ularning mazmuniy va uslubiy jihatlari, qaysi janrlarda chiqishi, auditoriyasiga mosligi, o'zbek va qoraqalpoq tilida chiqayotgan bolalar nashrlari tahlili, ularning ijobiy va salbiy jihatlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar beriladi.