Zol-gel cho‘ktirish usulida o‘stirilgan ZnO:Al plyonkalarining tuzilmaviy, optik va elektrofizik xossalarini tadqiq qilish
Ushbu kitobda "Zol-gel cho'ktirish usulida oʻstirilgan ZnO:Al plyonkalarining tuzilmaviy, optik va elektrofizik xossalarini tadqiq qilish" mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida xulosalar va bu tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Tadqiqotda Al atomlari bilan legirlangan ZnO plyonkalarining tuzilishi, optik va elektrofizik xossalari o'rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida "FOTON" AJ va "Oʻzeltexsanoat" kabi kompaniyalarda yarimoʻtkazgichli elektron qurilmalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkinligi ko'rsatilgan.