Zominsuv havzasi yuksak o‘simliklarining patogen mikromitsetlari
Ushbu dissertatsiya Zominsuv havzasida tarqalgan yuksak oʻsimliklarining patogen mikromitsetlari, ularning taksonomik tarkibi, tarqalishi, mavsumiy rivojlanishi va ularga qarshi kurash choralari boʻyicha ilmiy tadqiqot natijalarini oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda aniqlangan patogen mikromitset turlari, ularning xoʻjayin oʻsimliklar bilan oʻzaro munosabati hamda muhofaza qilinadigan hududlardagi oʻsimliklar dunyosini himoya qilish boʻyicha tavsiyalar berilgan.