Лаплас теңлемеси ушын қойылған шегаралық мәселени шекли айырмалы схема дүзиў методы менен шешиу.
Inson bilan tabiat o'rtasidagi muvozanatning buzilishi natijasida hozirgi davrda kelib chiqqan ekologik muammolar jiddiy va keng ko'lamlidir. Ekologik muammolarning xal etilishida barcha yoshdagi va mutaxassisliklardagi insonni ekologik ta'lim va tarbiyalanganligi muxim ahamiyatga ega. Umumkasbiy fanlarni yaxshi o'zlashtirgan talaba ekologiya fanini o'qitish metodikasi soxasida ilmiy izlanish olib borish qobilyatiga ega bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi dexqonchiligida keyingi vaqtlarda, yildan-yilga, qishloq xo'jaligi ekinlarni sug'orishda foydalaniladigan tabiiy daryo suvlari kamayishi kuzatilmoqda. Bu o'z navbatida qish va bahorning quruq kelishi, g'o'za va boshqa qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish maqsadida yangi yer maydonlarining o'zlashtirilishi kabi ko'plab omillarga bog'liqdir. Qishloq xo'jaligidagi bunday holat qo'shimcha suv zaxiralarini izlab topishni ta'qoza qilmoqda. Bunday suv zaxiralaridan biri – tuproq sho'rini yuvishda va texnik ekinlarni sug'orishda ishlatilishi mumkin bo'lgan tabiiy suv zaxiralarini tejash imkoniyatlarini yaratuvchi texnolo'giyalardan foydalanishdir. Tabiiy oqova suvi tanqisligi davrida bunday subirrigatsion jarayonlardan foydalanish tanqis ta'biiy daryo suvlaridan samarali foydalanib tuproq sho'rini yuvish yoki ayrim texnik ekinlarni sug'orishda ishlatish xalq xo'jaligida katta a'hamiyat kasb etadi.
Qishloq xo'jalik maxsulotlarini yetishtirish xajmiga turli xil omillar ta'sir qiladi. Jumladan, suv taqchilligi rejadagi xosilni olish imkonini bermaydi. Shu bois suvdan ilmiy asosda foydalanish, suvning ichki xo'jalik sug'orish tarmoqlarida yo'qolishini bartaraf etish, zamonaviy sug'orish tarmoqlari va inshootlarini qurish, mavjudlarini ta'mirlash va qayta tiklash ishlarini yaxshilash zarur. O'rmon tashkil qilish sho'rxok yerlarda fermerlarga degradatsiyalangan tuproqdan qimmatli maxsulotlarni olishni ta'minlagan xolda ekologik axvolni yaxshilaydi. Biroq o'rmon tashkil qilishdan samarali natijalar olish uchun mos turdagi daraxtlarni xar taraflama o'rganish kerak. Bu tadqiqot Xorazm uchun shunday axamiyatga egaki, uning yordamida sizot suvlarini maqbul chuqurlikda ushlab turish orqali tuproqlarning sho'rlanishi va botqoqlanishini oldini olish mumkin.
Tuproq unumdorligini belgilovchi asosiy omil bo'lib gumus va chirindi miqdori hisoblanadi. Chunki gumus tuproqning barcha xossa-xususiyatlariga ta'sir qiladi. Gumus va chirindi miqdori va sifatiga qarab tuproqning issiqlik, suv, umumfizik, oziq va mikrobiologik xossalari shakllanadi. Shuning uchun tuproq gumusi va oziqa elementlar miqdorini oshirish uchun bioorganik maxsulotlardan foydalanish eng dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi. Biogumus mineral o'g'itlarsiz hosil bermaydigan, «kashanda»ga aylangan tuproqqa “malxam” bo'ladi va uni “davolab” hosildorligini oshiradi. Eng muximi, bunday maydonlarda yetishtirilgan maxsulotlar inson organizmi uchun foydali bo'lib, turli ichki kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.
Ma'lumki, xozirgi zamon paxtachiligi yangi yaratilayotgan istiqbolli g'o'za navlariga nisbatan katta talablar qo'ymoqda. Ular tezpishar, serxosil, yuqori sifatli tola beradigan, muhitning noqulayliklariga, garmselga, so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga nisbatan chidamli, tola chiqishi va uzunligi hamda chigitining moydorligi yuqori bo'lishi, tola sifati jahon andozalari talabiga to'liq javob berishi bilan ajralib turishi kerak. Paxtachilikning kelajakda yanada rivojlanishi va jahon paxta bozorida yetakchi o'rinlarni egallashimiz uchun avvalambor, ilg'or ilm – fan yutuqlaridan samarali foydalangan holda har bir xududning tuproq–iqlim sharoitiga mos, ekstremal sharoitlarga, hashorat va zararkunandalarga chidamli, serxosil, yuqori sifatli tola beradigan tezpishar g'o'za navlarini yaratib ishlab chiqarishga tadbiq etishni davr talabi taqozo etmoqda.
Malakaviy bitiruv ishida agrolandshaftlarning kosmik usullar orqali o’rganilishining yuqоrida bayon etilgan gеоgrafik хususiyatlariga e’tibоr qaratilganligi tadqiqоt mavzusining ilmiy va amaliy ahamiyatini asоslaydi hamda uning dоlzarbligini bеlgilaydi.
Ma’lumki, tuproq degradatsiyaga sabab bo’luvchi eng katta omil tuproq sho’rlanishi hisoblanadi. Tuproqda ortiqcha tuzlarning to’planishiga tuproq sho’rlanishi deyiladi. Butun dunyo bo’yicha 77 mln ga ekin yeri sho’rlangan bo’lsa, O’rta Osiyoda ekiladigan 14 mln ga ekin yerining 50 % i, O’zbekistonda 3708.4 ming ga ekin yerlarining 50 % i, Quyi Amudaryoda esa ekin ekiladigan yerlar 100 % turli darajada sho’rlangan.
O’zbеkistоn tabiiy rеsurslar bilan еtarli darajada ta’minlangan, ammо uning tashqi iqtisоdiy alоqalarini rivоjlantirishga bir muncha ta’sir ko’rsatuvchi оmil ham mavjud bo’lib, u mamlakatning iqtisоdiy gеоgrafik o’rni bilan bоg’liqdir. Jumladan, rеspublikaning matеrik ichkarisida jоylashganligi, dеngiz transpоrtining mavjud emasligi va bоshqa gеоgrafik jihatlarini ta’kidlab o’tish mumkin. Bitiruv malakaviy ishida Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni tashqi iqtisоdiy alоqalarning yuqоrida bayon etilgan gеоgrafik хususiyatlariga e’tibоr qaratilganligi tadqiqоt mavzusining ilmiy va amaliy ahamiyatini asоslaydi hamda uning dоlzarbligini bеlgilaydi.

Сўровнома

Оцените работу движка

Бошқа сўровномалар