Hayvonlarning yuqumli va invazion

Ushbu uslubiy qoʻllanma Samarqand qishloq xoʻjalik instituti veterinariya-sanitariya ekspertizasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan boʻlib, unda "Veterinariya – sanitariya ekspertizasi" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishga mo'ljallangan. Unda laboratoriya ishlarini oʻtkazish tartibi, uslublari, mashgʻulotning maqsadi, kerakli asbob – uskuna va jihozlar boʻyicha batafsil maʼlumot berilgan. Qoʻllanmada odamlarning isteʼmoli uchun ishlatiladigan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini har tomonlama tekshirib ekspertiza qilish tartib qoidalari va uslublari keng bayon qilingan. Jumladan; goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari hamda oʻsimlik oziq-ovqat mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Bundan tashqari baliq, tuxum va asalni ekspertizasi keng yoritilgan. Ushbu qoʻllanmadan veterinariya mutaxassisligi boʻyicha oʻqiyotgan talabalar, vetsanekspertiza xodimlari, biologlar, biotexnologlar va tibbiyot xodimlari foydalanishlari mumkin.

Asosiy mavzular

  • 1-mashg'ulot. Har xil ta'mga va nisbatlari turlicha bo'lgan moddalarning kamchiligini aniqlash.: Talabalarga sinovchilarni tanlashda tushuncha berish, hid va tam bilish qobilyatini aniqlashda, odamlarda mavjud bo'lgan sensor markazlari to'g'risida tushuncha.
  • 2-mashg'ulot. Go'shtni yangiligini aniqlash.: Talabalarga go'shtdan namuna olish usullarini o'rgatish, go'sht ekstraktini tayyorlash orqali pH muhitini aniqlash, hamda buyum shishalariga surtma tayyolash va surtmani mikroskop ostida tekshirish orqali yangiligini aniqlash.
  • 3-mashg'ulot. Kasal hayvonlarning go'shtini aniqlash.: Talabalarga keltirilgan go'sht namunalarini organoleptik va laboratoriya tekshirishlari natijasida kasal yoki kasallikka gumon qilingan hayvonlar go'shtini aniqlash usullarini o'rgatish.
  • 4-mashg'ulot. Invazion kasalliklarda vse.: Talabalarga go'sht va go'sht mahsulotlari orqali odamlarga o'tadigan kassalliklar haqida tushuncha, invazion kasalliklarda muskul to'qimalari oralig'ida joylashgan trixinella va sistitserk pufakchalarini aniqlash orqali kasallikka diagnoz qo'yishni o'rgatish.
  • 5-mashg'ulot. Tuxumning ekspertizasi.: Tovuq tuxumini oziq-ovqat sifat ko'rsatgichi, hamda tovarliligi aniqlanadi. Tuxumga veterinariya sanitariya jihatidan baho beriladi. Undagi kamchiliklarni aniqlashni oʻrgatish.
  • 6-mashg'ulot. Go'sht mahsulotlaridan tayyorlangan konservalarni tekshirish.: Konserva bankalarni tashqi tomondan koʻrib tozzaligi va zanglash holatiga baho beriladi. Banka ichidagi mahsulotlar chiqarilib ularni organoleptik va laboratoriya tekshirishlari orqali sifat koʻrsatkichlari aniqlanadi.
  • 7-mashg'ulot. Kolbasani ekspertizasi.: Kolbasa mahsulotlari organoleptik va laboratoriya tekshirishlari orqali sifat koʻrsatkichlari aniqlanadi.
  • 8-mashg'ulot. Baliqni ekspertizasi.: Baliqni tashqi belgilariga e'tibor bergan holatda hamda baliq go'shtining yuza chuqur qatlamlardan tayyorlangan mazokni mikroskop ostida ko'rish orqali yangiligi va istemolga yaroqliligini aniqlash.
  • 9-mashg'ulot. Sutni tozaligini va kislotaligini aniqlash.: Olib kelingan har xil holatdagi sut namunalarini tozaligi va kislotalik darajasini tekshirish orqali, sutni istemolga yoroqliligini aniqlash.
  • 10-mashg'ulot. Sutdagi yog' miqdorini aniqlash. Sutning zichligini aniqlash.: Olib kelingan har xil sut namunalarida laktan va jiromer apparatlari yordamida sutning yogʻlilik miqdorini va mikroskop ostida yog' sharikchalarining holatini, ishqor eritmasi bilan titrlash reaksiyasini qoʻyish orqali zichligini aniqlash yo'li bilan sutni tabiiyligini va soxtalashtirilganligini aniqlash.
  • 11-mashg'ulot. Sutdagi mikroorganizmlar miqdorini aniqlash.: Sut tovar fermalarda sutni olishda, tashishda va uni saqlashda hamda sutni sotishga tayyorlashgacha boʻlgan jarayonda sanitariya-gigienik talablarga to'liq rioya qilmaslik sababli sutda mikroorganizmlar miqdorini oshishi natijasida uning oziq-ovqat sifat darajasi keskin pasayadi. Sutdagi mikroorganizmlar miqdorini oʻz vaqtida va toʻgʻri aniqlash sutdan tayyorlanadigan maxsulotlarni har tomonlama sifatli tayyorlanishini kafolatlaydi.
  • 12-mashg'ulot. Asalni ekspertizasi.: Laboratoriya tekshirish usullari yordamida asalning sifati va soxtalashtirilganligini aniqlash.
  • 13-mashg'ulot. Oʻsimlik oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi nitratni aniqlash.: Poliz ekinlari va koʻkatlar tarkibidagi nitrat miqdorini aniqlab ist'emolga yaroqlilik darajasini aniqlash.