Hayvonlarning yuqumli va invazion
Ushbu uslubiy qoʻllanma Samarqand qishloq xoʻjalik instituti veterinariya-sanitariya ekspertizasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan boʻlib, unda "Veterinariya – sanitariya ekspertizasi" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishga mo'ljallangan. Unda laboratoriya ishlarini oʻtkazish tartibi, uslublari, mashgʻulotning maqsadi, kerakli asbob – uskuna va jihozlar boʻyicha batafsil maʼlumot berilgan. Qoʻllanmada odamlarning isteʼmoli uchun ishlatiladigan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini har tomonlama tekshirib ekspertiza qilish tartib qoidalari va uslublari keng bayon qilingan. Jumladan; goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari hamda oʻsimlik oziq-ovqat mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasi. Bundan tashqari baliq, tuxum va asalni ekspertizasi keng yoritilgan. Ushbu qoʻllanmadan veterinariya mutaxassisligi boʻyicha oʻqiyotgan talabalar, vetsanekspertiza xodimlari, biologlar, biotexnologlar va tibbiyot xodimlari foydalanishlari mumkin.