Mutaxassislikka kirish fanidan o’quv-uslubiy majmua

Ushbu kitob farmatsevtik kimyo fanining umumiy nazariy asoslari, dori moddalari va ularning fizikaviy-kimyoviy xossalari, farmatsevtik tahlil usullari, farmakopeya talablari, sifati nazorati va dori vositalarini tayyorlash texnologiyasi, toksikologik kimyo, farmakognoziya, giyohvand moddalar tahlili, biofaol moddalar, dori shakllari, fizikaviy usullar, kimyoviy usullar, sifatni ta'minlash tizimi kabi muhim mavzularni o'z ichiga oladi. Kitob farmatsevt mutaxassislari uchun zarur bo'lgan asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi.

Asosiy mavzular

  • Farmatsevtik kimyo fanining mohiyati, maqsad va vazifalari: Farmatsevtik kimyo fani, uning tuzilishi, nazariy asoslari, ob'ektlari va terminologik tizimi. Zamonaviy farmatsevtik kimyoning qisqacha tarixi, vazifalari va muammolari. Dori vositalarini olish usullari. Dori moddalarining sifatini baholash va nazorat qilish. Farmatsevtik maxsulotlarni reglamentlovchi asosiy me'yoriy xujjatlar.
  • Dori vositalarining umumiy farmakopeyaviy taxlil usullari: Dori moddalarining tasvirlanishi va eruvchanligini aniqlash. Dori moddalarini umumiy va xususiy sifat reaktsiyalari. Dori moddalari eritmalarining tiniqligi, loyqaligi va ranglilik darajasini aniqlash. Dori moddalarining tozaligini aniqlash. Ruxsat etilgan va etilmagan yot moddalar chegarasi.
  • Dori moddalari miqdorini aniqlash usullari: Farmatsevtik tahlilda qo'llaniladigan kimyoviy usullar (kislotali – asosli titrlash, yodometrik, permanganatometrik, nitritometrik, kompleksonometrik va b. usullar).
  • Dori moddalari miqdorini aniqlashda qo’llaniladigan zamonaviy usullar: Dori moddalarining miqdorini aniqlashda qo’llaniladigan fizikaviy usullar (Refraktometriya usuli, Spektrofotometriya, fotoelektrokalorimetrik, usullarning dori vositalari miqdorini aniqlashda qo’llanilishi).
  • Toksikologik kimyo fanining mohiyati, maqsad va vazifalari: Toksikologik kimyo tuzilishi, nazariy asoslari, ob′ektlari.va terminologik tizimi. Zamonaviy toksikologik kimyoning qisqacha tarixi, vazifalari va muammolari.
  • “Giyohvand moddalar tahlili” fanining asosiy vazifalari va fanda o‘rganiladigan umumiy masalalar: Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, ularni BMT konvensiyasi va O‘zR nazoratga olish to‘g‘risidagi qonuni. Tabiiy narkotik nalgetiklar.Opiy, omnapon, morfin, narkotin, kodein, mekon kislotasi, mekonin, ajratib olish va tahlil usullari.
  • Biologik ob’ektdan olinadigan zaharli moddalarni tahlil usullari: Formaldegid, sirka kislotasi, aseton. Formaldеgid, toksikologik ahamiyati, mеtabolizmi, sifat va miqdorini aniqlash usullari. Sirka kislota, toksikologik ahamiyati, mеtabolizmi, sifat va miqdorini aniqlash usullari.Aseton, toksikologik ahamiyati, mеtabolizmi, sifat va miqdorini aniqlash usullari.
  • Farmakognoziyaga kirish. Dorivor o`simlik mahsulotlarini farmakognostik tahlil qilish usullari: Farmakognoziya fani dorivor o‘simliklarni izlab topish, morfologiyasini o‘rganish, biofaol moddalarni kimyoviy va sifat reaksiyalarini o‘rganadi.
  • Dorivor o’simlik mahsulotlarini qabul qilish va mе'yoriy hujjatlar asosida tahlil qilish: Dorivor o’simlik mahsulotlarini farmatsevtika zavodi va dorixonalarda qabul qilish uchun quyidagilarga rioya qilinadi (GOST 6076-51).
  • Biofaol moddalardan dori vositalarini olish: Biofaol moddalarni o’simliklarda o’rganish. Biofaol moddalarni o’simliklardagi ro’li. Flavonoidlar, yurak glikozidlari, vitaminlar, alkaloidlar.
  • Farmatsevtik texnologiya fani, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar, ularning umumiy texnologiyasi: Farmatsevtik turlari texnologiyasi fani-dori turlarining olinish usullari, texnologiyasining o’ziga xos tomonlarini nazariy va amaliy muammolari bilan shug’ullansa, tayyorlangan dori turining sifatliligini aniqlash bu dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash fanining vasifasi hisoblanadi.
  • Dorixona sharoitida tayorlanadigan dori turlari va ularni farmakopeyaviy tahlili: Asseptik sharoitda tayorlanadigan dori vositalari sifatiga qo’yilgan talablar. Tetrasiklinlar aromatik antibiotiklar.
  • Dorixona sharoitida inyeksion dori vositalarini tayorlash va ularni farmakopeyaviy tahlili: Aromatik kislotalar (benzoy va salitsil kislota) va ularning natriyli tuzlari. Salitsil kislotasi va uning amidlari (salitsilamid, oxafenamid). Salitsil kislotasi murakkab efirlari (atsetil salitsil kislotasi, metilsalitsilat, fenisalitsilat).
  • Farmakologiya fanining farmatsiyadagi roli. Dori vositalarining farmakokinetikasi va biotransformatsiyasi. metabolitlarni o‘rganish: Farmatsiya soxasi rivojlanishi bu yangi dorilarning kashf etilishi bilan bog’liq, bunda avvalo dorilarning farmakologik faolligi, tibbiyotda qo’llanilishi kabi tushunchalar o’rganiladi.
  • Farmatsevtik ishini tashkil qilish fanining mohiyati, maqsad va vazifalari. Dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlash va sifatini nazorat ishlarini tashkil qilish: Farmatsiya ishni tashkil etish va iktisodi fani dorixonalar va davolash profilaktika muassalarini dori vositalari bilan ta’minlash va kasalga etkazib berish, ularning saqlash sharoiti, yaroqlilik muddati asosida dorixona iqtisodini rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanadi.
  • Tibbiyot tovarlarini qadoqlash. tovarlar markirovkasi, tovar va xizmat ko’rsatish belgilari: Farmatsiya ishni tashkil etish va iktisodi fani dorixonalar va davolash profilaktika muassalarini dori vositalari bilan ta’minlash va kasalga etkazib berish, ularning saqlash sharoiti, yaroqlilik muddati asosida dorixona iqtisodini rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanadi.
  • Dori vositalari sifat standartlarini ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish. davlat farmakopeyalarining rivojlanish konsepsiyalari: Sifat, standartlash va sertifikatlash fani farmatsiya fanlari orasida zamonaviy, yangi fanlardan biri bo’lib, nafaqat dori vositalarini sifatini nazorat qilishning xalqaro, zamonaviy usullarini, balki dori vositalari ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha aspektlarini tashkillashtirish va nazorat qilish kabi muammolarni o’z ichiga oladi.
  • Dori vositalari sifatini ta’minlash fanining mohiyati, maqsad va vazifalari: Dori vositalarining GMP, GLP, GCP talablari asosida ishlab chiqilganligini ta’minlash; ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish jarayonlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish; qadoqlov vositalari va xom ashyolari sifatini ta’minlash; oraliq maxsulotlarni va texnologik jarayonlarni nazorat qilish; yordamchi va texnologik jarayonlar, analitik usullar, texnologik va laboratoriya jixozlarini