Chet til o’qitish metodikasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar
Muallifning ushbu taqdim etilgan ilmiy ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotga keng ko'lamda, muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tatbirlari tog'risida"gi 1875-sonli PQ qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv malakaviy tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. "Zamonaviy ta'lim" tushunchasiga to'xtalib o'tiladi. Zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g'oyaviy uyg'unlik ta'lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma'naviy-ma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Kitobda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan "KEYS STADI” va “KLASTER” metodlarining samarasi bo'yicha ma'lumot beriladi.
Asosiy mavzular
- KIRISH: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997-yil 29-avgustda) qabul qilingan hamda bugungi kunda g'oyalari amaliyotga keng ko'lamda, muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tog'risida"gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tatbirlari tog'risida"gi 1875-sonli PQ qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to'laqonli ochib berilgandir.
- I-BOB. CHET TIL O'QITISH METODIKASIDAGI ZAMONAVIY METODLAR: Zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g'oyaviy uyg'unlik ta'lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma'naviy-ma'rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaralganda buyuk ajdodlarimiz, allomayu mutafakkirlarning asrlar davomida yaratgan boy ma'naviy merosi yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati bugungi kunda ham o'z ta'sirini yo'qotgani yo'q. Shu o'rinda Prezidentimiz I.A. Karimovning quyidagi iboralari yodimga tushdi. "Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq". Demak, o'qituvchi-pedagogning muhim vazifalaridan biri bu yosh avlodga yetarli bilim va tarbiya berishdir. O'quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta'lim mazmunini, ta'lim maqsadi, kutilayotgan natijani tog'ri belgilash, ta'lim metodlari, shakllari va vositalarini tog'ri tanlash, talabalarning bilim, ko'nikma va malakalrini baholashni aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg'ulotlarga ajratilgan vaqt ichida ularni tog'ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg'unlashuviga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunday vazifani amalga oshirish uchun esa, o'quv-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash va ularni amalda natijaviy qo'llash amaliyoti turadi.
- II-BOB. ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: Vaqtlar o'tishi bilan birga insonlar va ularning talab va ehtiyoji ham o'zgarib boraveradi. Bu isbot talab qilinmaydigan aksioma sanaladi. Hayotimizning turli jabhalarida bo'lgani kabi chet tillarni o'rganish borasida ham shunday tarixiy jarayonni kuzatishimiz mumkin. Bundan minglab yillar avval diyorimizda arab, fors tillari kabi chet tillarga bo'lgan ehtiyoj, qiziqish qay darajada rivoj topgani, buyuk allomlarimiz ushbu tillarda ilmiy tadqiqotlariga tartib berganlari, bobokalon shoiru-yozuvchilarimiz ushbu tillarda durdona asarlar yaratib, o'lmas meros qoldirganliklari barchamiz uchun kunday ravshandir. Bularning barchasi o'sha davr ehtiyoji, o'sha davr talabidir. Xo'sh, hozirgi kunda, ya'ni XXI asrning boshlang'ich choragida davlatning til siyosati qanday holatda? Dunyodagi global taraqqiyot, yangi kashfiyotlar, ayniqsa, internet aloqa tizmining tillarni o'rganishga ta'siri qanday? XXI asrda qaysi xorijiy tillarni o'rganishga ko'proq e'tibor qaratish lozim va nima maqsadda? Darvoqe, davr taraqqiyoti, globallashuv jarayoni yoshlardan bir necha xorijiy tillarni bilishlarini talab etmoqda. Ushbu ehtiyojlardan kelib chiqqan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog'risida"gi Qarori Respublikamizda chet tillarni o'qitish siyosatining yangi bosqichiga asos solib berdi.
- III BOB bo'yicha xulosalar: Ta'lim tizimizga juda ko'p zamonaviy texnoogiyalar kirib keldi. Ammo ularni qaysi paytda, qanday mavzuda foydalanish bu, o'qituvchining zukkoligi, izlanuvchanligiga borib taqaladi. Olmon tili darslarida zamonaviy pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni va ulardan foydalanish ham bundan mustasno emas. Zamonaviy pedgogik texnologiyalardan "KEYS STADI” va “KLASTER” metodlarining samarasi bu borada beqiyosdir. Aynan “KEYS STADI" metodi olmon tili darslaridagi muammoli mavzularda qo'llanilsa, mavzuning, muammoning yechimi tez va oson topiladi. Bu metod qo'llanganda o'quvchi-yoshlar mustaqil fikr yuritishga harakat qiladilar. Ushbu metodni global muammoga aylangan, “Umweltschutz”, “Osonloch und seine negative Wirkung fuer das Leben der Menschheit” kabi mavzularda foydalanish mumkin. Bu metod orqali talabalarning dunyoqarashi, o'z fikrini isbotlay olish ko'nikmasi, bilim, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bundan tashqari “KLASTER” metodidan barcha mavzularni muhokama qilish jarayonida foydalanilsa darsning sifati yuqori bo'ladi.
- XULOSA: Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalarni qo`llashga bo`lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda, bunday bo`lishiga sabablardan biri shu kungacha ta`limda o`quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan.